Live
2
O'zbek

Mangala ijaraga asosan «Xetafe»ga o'tishi mumkin

Futbol
7 avgust, 11:35
Orelning «sherlar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo'ljallangan.
Mangala ijaraga asosan «Xetafe»ga o'tishi mumkin
Фото: Getty Images

Belgiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Orel Mangala yaqin vaqt ichida «Xetafe»ga ijaraga asosan o'tishi mumkin. Bu haqda L’Equipe nashri xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, «Lion» rahbariyati maoshlar fondini qisqartirish maqsadida bir qator futbolchilar bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Shu sababli Mangalaning «Xetafe»ga sotib olish huquqisiz ijara asosan yo'l olishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, ispan klubi belgiyalik 28 yoshli futbolchining maoshining katta qismini o'z zimmasiga oladi.

Orelning «sherlar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo'ljallangan.

Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 9 million yevroni tashkil etadi.

U o'tgan mavsum klub safida barcha turnirlarda 15 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta golli uzatma muallifi bo'lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xetafe Xetafe
Bugungi yangiliklar