28 yoshli markaziy yarim himoyachi Tijani Reynders «Manchester Siti»dan «Nottinghem Forest»ga o‘tishi mumkin.
Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.
Manbaning xabar berishicha, Reynders «o‘rmonchilar»ning maydon markazini kuchaytirish uchun ustuvor transfer maqsadi hisoblanadi. Ta’kidlanishicha, «Manchester Siti» niderlandiyalik futbolchi uchun 70 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
«Shaharliklar» Reyndersni o‘tgan yozda «Milan»dan 55 million yevro evaziga sotib olgan edi. Angliyalik grand tarkibida yarimhimoyachi 28 o‘yinda maydonga tushib, 5 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi