Rossiyalik darvozabon Matvey Safonov kelasi yili «Pari Sen-Jermen»ni tark etishi mumkin. Bu haqda Fransiyaning L’Équipe nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «PSJ» yaqin vaqt ichida «Parma»ning yaponiyalik darvozaboni Zion Suzukini sotib olmoqchi. Klubning g‘oyasi yangi darvozabonni darhol-«Yuventus»ga ijaraga berish va kelasi yozda uni jamoaning-birinchi raqamli darvozaboniga aylantirishdan iborat. Ta’kidlanishicha, voqealar shu tarzda rivojlansa, Fransiya chempioni Matvey Safonov yoki Lyuka Shevaleni transferga qo‘yadi. Barchasi yangi mavsumdagi-raqobatda kim g‘olib chiqishiga bog‘liq bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Matvey Safonov 2024-yildan buyon «Pari Sen-Jermen» sharafini himoya qilib keladi. O‘tgan mavsumda darvozabon barcha musobaqalarni inobatga olganda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 27 ta gol o‘tkazib yuborgan.