Turnir jadvalida yakka autsayder bo'lib turgan "Mash'al" bosh murabbiy o'zgargach, biroz natijalar o'zgarayotgandek edi. Biroq oxirgi turlarga kelib yana mag'lubiyatlar seriyasi boshlandi. Bu turda ular safarda "Xorazm"ga 2:0 hisobida mag'lub bo'lishdi.
Uchrashuvdan so'ng tashkil qilingan matbuot anjumanida "Mash'al" bosh murabbiyi Serley Lushan quyidagi fikrlarni aytdi.
- Uchrashuv haqida fikrlaringiz?
- Izohlashga ko'p narsa yo'q. Biz 2:0 hisobida mag'lub bo'ldik. Avvalo raqib jamoani g'alaba bilan tabriklayman. Ular bugungi g'alabaga munosib edi. Biz ikkita xatoga yo'l qo'ydik va penaltidan gol o'tkazib yubordik. O'yin teng kechdi, ammo g'alaba bir jamoa tomonida bo'ldi.
- Sizningcha, bugun jamoangizda nima yetishmadi? Muammo nimada? Kim aybdor?
- Kim aybdor? Hech kimni aybdor deb bo'lmaydi. Lekin jamoada juda ko'p narsa yetishmayapti. Nimalar yetishmasligini aytasizmi? Xohlasangiz, hozir shu yerning o'zida ro'yxat qilib beraman. Bizda yetishmayotgan narsalarning ro'yxati juda uzun. Bor narsalar haqida esa deyarli gapirishning o'zi qiyin.
Bugungi asosiy muammo — moliyaviy ahvol. Klub bir necha oydan beri mablag' olmayapti. Har bir futbolchining oilasi, farzandlari bor. Men ularni yaxshi tushunaman. Shuning uchun ulardan imkoniyatlaridan ortiq narsani talab qilishga na haqqim bor, na vijdonim yo'l qo'yadi.
Ikkinchidan, tarkibni kuchaytirish masalasida ham imkoniyatimiz cheklangan. Futbolchilarning aksariyati allaqachon shartnoma asosida boshqa jamoalarga bog'langan. Bizda hozir kim bo'lsa, shu bilan ishlashga majburmiz. Mavsum oxirigacha boshqa futbolchilar kelishi kutilmayapti. Balki bir-ikkita yosh o'yinchi qo'shilar.
Yana qanday muammolar bor deysizmi? Muammolar juda ko'p. Ularni soatlab sanab chiqish mumkin. Klubda juda katta qiyinchiliklar bor va bu, albatta, turnir jadvalidagi o'rnimizga ham ta'sir qilyapti.
Shunga qaramay, biz oldinga intilishda davom etamiz. O'yinimizning sifatini yaxshilashga harakat qilamiz. Bugungi o'yinda ham ayrim ijobiy jihatlar bo'ldi, shu tomonlarga tayanib ishlashda davom etamiz. Umid eng oxirida so'nadi. Ishlashda davom etamiz", - deya Lushanning fikrlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.
Sergey Lushan: "Tarkibni kuchaytirish masalasida imkoniyatimiz cheklangan"
Eksklyuziv
7 avgust, 14:17
"Mash'al" bosh murabbiyi "Xorazm"ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Фото: Хоразм ПФК
07.08.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Xorazm
2
:
0
Mashal