Live
3
O'zbek

Reshford va Onananing "MYU"dagi maoshi 25 foizga oshdi

Futbol
7 avgust, 15:39
Bu futbolchilar o'tgan mavsumda "qizil iblislar" tarkibida biror daqiqa ham maydonga tushmagan.
Reshford va Onananing "MYU"dagi maoshi 25 foizga oshdi
Фото: Getty Images

"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford va darvozabon Andre Onananing maoshi bir yil ichida 25 foizga oshdi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Manbaga ko'ra, maoshlarning oshishi "qizil iblislar"ning o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Chempionlar ligasiga yo'llanma olgani bilan bog'liq.

Qizig'i shundaki, Reshford ham, Onana ham 2025/2026 yilgi mavsumda "qizil iblislar" tarkibida biror daqiqa ham maydonga tushmagan. Angliyalik hujumchi "Barselona" klubida ijaraga asosida o'ynagan bo'lsa, kamerunlik kiper "Trabzonspor" safida mavsumni o'tkazdi.

Shu tariqa, Markusning yillik maoshi 18 million yevrodan oshdi. Endi jamoa Chempionlar ligasiga chiqsa, futbolchi maoshining oshirilishi uchun mavsum davomida uchrashuvlarning kamida 60 foizida ishtirok etishi talab qilinadi.

Shu sababli hujumchi Joshua Zirkzee maoshining oshirilishidan umid qila olmadi. Reshford va Onananing shartnomalari esa ushbu yangi qoidalar joriy etilguniga qadar tuzilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar