Live
1
O'zbek

"MYu" Chuameni va Kamavingaga qiziqish bildirmoqda

Futbol
6 avgust, 00:10
"Real" ikki futbolchining ehtimoliy transferidan jami 150 mln yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
"MYu" Chuameni va Kamavingaga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

"Manchester Yunayted" "Real"ning ikki nafar yarimhimoyachisi Orelien Chuameni va Eduardo Kamavingaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda El Nacional xabar berdi.

Angliya grandi ancha vaqtdan buyon har ikki fransiyalik futbolchiga da'vogar klublar qatorida tilga olinmoqda. Qayd etilishicha, "qizil iblislar" shu yozda "qaymoqranglilar"ning har ikki yarimhimoyachisini ham o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

"Real" ikki futbolchining ehtimoliy transferidan jami 150 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Bu mablag' "Manchester Siti"dan Rodri transferini amalga oshirishga yo'naltirilishi mumkin.

Shunga qaramay, Chuameni va Kamavinga hozircha Madridda qolishni afzal ko'rmoqda. Biroq "Manchester Yunayted"ning qiziqishi aniq taklif bosqichiga o'tsa, vaziyat o'zgarishi mumkin.

Avvalroq "qizil iblislar" "Bornmut"ning ikki markaziy yarimhimoyachisini "nishonga olgani" ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar