Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
AQSH milliy jamoasi yarimhimoyachisi Tayler Adams «Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasi davrida tayanch yarimhimoya zonasi uchun ko‘rib chiqayotgan nomzodlar qatoridan o‘rin egallagan.
Manbaning xabariga ko‘ra, amerikalik futbolchi «MYU»ning qiziqishlar doirasida bo‘lgan yarimhimoyachi Aleks Skottga muqobil variant bo‘lishi mumkin, ammo «Bornmut» u bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishdan bosh tortmoqda.

Har ikki futbolchining «Bornmut» bilan yana ikki yillik shartnomasi bor. Skottdan farqli o‘laroq, Adams transferi nisbatan arzonroq narxda — taxminan 40 mln yevro evaziga transfer qilinishi mumkin. Kazemiro jamoani tark etgach va Manuel Ugartening jarohati tufayli «Yunayted» tayanch zonani kuchaytirish haqida bosh qotirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «MYU» «Chelsi»dan Andrey Santos va «Aston Villa»dan Yuri Tilemans transferini rasmiylashtirib ulgurdi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi