"Barselona" Xulian Alvaresni qo'lga kiritish g'oyasidan deyarli voz kechgan, deb xabar beradi Marca jurnalisti Matteo Moretto.
Manbaga ko'ra, argentinalik 26 yoshli hujumchi Jahon chempionati vaqtida klubni tark etish istagini bildirgan bo'lsa-da, kelasi mavsumni ham "Atletiko" safida o'tkazadi.
"Barsa" boshqa variantlarni o'rganmoqda va agar favqulodda holat yuz bermasa, Alvares kataloniyaliklar jamoasiga o'tmaydi.
Ma'lumot uchun, Xulian o'tgan mavsumda La Ligada 29 ta bahsda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
"Barselona" Alvares transferidan voz kechdi — manba
Futbol
6 avgust, 16:55
Favqulodda holat yuz bermasa, argentinalik forward Kataloniya klubiga o'tmaydi.
Foto: Getty Images