Bugun
41
O'zbek

Rodri "Barselona"ga rozilik berdi — manba

Futbol
6 avgust, 12:30
"Siti" yarimhimoyachisi "Real"ning muzokaralarda keyingi qadamni tashlashini uzoq kutishdan charchadi.
Rodri "Barselona"ga rozilik berdi — manba
Foto: Getty Images

Rodri "Barselona" bilan shartnomaning moliyaviy shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar beradi Marca jurnalisti Matteo Moretto.

Manbaga ko‘ra, "Manchester Siti" yarim himoyachisi "Real"ning muzokaralarda keyingi qadamni tashlashini uzoq kutishdan charchagan. Kataloniyaliklar esa futbolchiga ingliz klubi bilan uning transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazishga tayyor ekanini ma’lum qilgan. Yaqin soatlar ichida La Liga chempioni rasmiy ravishda "Manchester Siti" bilan bog‘lanadi.

Fabrice Hawkins ma’lumotiga ko‘ra, taxminan 60–70 million yevro miqdoridagi taklif "shahar aholisining" talablarini qondirish uchun yetarli bo‘lishi mumkin.

Jurnalistning ta’kidlashicha, Rodri "Real"dan ko‘ra "Barselona"ga o‘tishni afzal ko‘rmoqda. Bu haqida ham "Siti", ham Madrid klubi xabardor. 30 yoshli yarim himoyachi "Barselona"ning o‘yin uslubida o‘z salohiyatini to‘liq namoyon eta olishiga ishonadi.

Endi "ko‘k-anorranglilar" ushbu transferni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy mablag‘ni topishlari kerak.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

115+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar