Bugun
41
O'zbek

Islom Ahmedov: "Hujumda tajovuzkorlik yetishmadi"

Futbol
6 avgust, 14:08
"Andijon" ustozi jamoasining mag'lubiyati haqida gapirdi.
Islom Ahmedov: "Hujumda tajovuzkorlik yetishmadi"
Фото: Tribuna.uz
06.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi So'g'diyona So'g'diyona 1 : 0 Andijon Andijon

"Andijon" klubi 16-turda safarda Zominda "So'g'diyona"ga qarshi o'ynadi. Uchrashuv 0:0 bilan yakunlanadigan ko'rindi. Biroq oxirgi daqiqalarda andijonliklar o'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborib, 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchradi. O'yindan keyin "Andijon" ustozi Islom Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yinga keladigan bo'lsak, to'pni nazorat qildik, hujumlarga ham o'tdik. Baribir bizda hujumdagi tajovuzkorlik yetishmadi. Futbolchilarimiz borini berib harakat va mehnat qilishdi. Buning uchun ularga hech qanday e'tirozimiz yo'q. Hujumni yakunlashda kamchiliklarimiz ko'rinib qoldi.

- 10 avgust kuni yozgi transfer oynasi yopiladi. Jamoada yana yangi o'yinchilarni ko'rishimiz mumkinmi?

- Bu masala bo'yicha rahbariyat bilan birga izlanmoqdamiz. Ayniqsa, hujum chizig'ini kuchaytirish bo'yicha istayapmiz. Bu borada bir-ikkita futbolchilar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Baribir ularni o'z jamoalari bilan amaldagi shartnomalari borligi uchun ushbu jarayon biroz qiyin kechmoqda.

- "Andijon"ni keyingi turda o'z uyida "Neftchi"ga qarshi vodiy derbisi kutmoqda. Bugungi mag'lubiyatdan keyin futbolchilarni ruhlantirish va bo'lajak jiddiy uchrashuvga tayyorlash rejasi qanday bo'ladi?

- Hozircha yigitchalarimizga ikki kunlik dam berdik. Futboldan biroz chalg'ib, oilasi bilan birga bo'lib, ruhiy tomondan o'zlariga kelib olishlari uchun shunday qildik. 9 avgustdan o'z bazamizda yig'ilib vodiy derbisiga tayyorgarlik ko'ramiz. Bu o'yinni ko'rib chiqib, yo'l qo'yilgan kamchiliklar ustida ko'proq ishlaymiz", - deya Ahmedovning so'zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • So'g'diyona So'g'diyona
  • Andijon Andijon
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar