Bugun
41
O'zbek

Superliga. Doriyevning chiroyli goli "Soʻgʻdiyona"ga "Andijon" ustidan gʻalaba keltirdi

Futbol
6 avgust, 12:10
Liga toʻpurar mavsumdagi gollarini 12 taga yetkazdi.
Superliga. Doriyevning chiroyli goli "Soʻgʻdiyona"ga "Andijon" ustidan gʻalaba keltirdi
Foto: Sogdiana Jizzakh
06.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi So'g'diyona So'g'diyona 1 : 0 Andijon Andijon

Oʻzbekiston chempionatida ikkinchi davra bahslari start oldi.

16-turini boshlab bergan Zomindagi oʻyinda "Soʻgʻdiyona" Lyupcho Doriyevning chiroyli goli evaziga "Andijon" ustidan gʻalaba qozondi.

Makedoniyalik hujumchi mavsumdagi gollarini 12 taga yetkazib, toʻpurarligini mustahkamlab oldi.

Jizzax klubi qatorasiga ikkinchi gʻalaba orqali 18 ochko bilan 11-oʻringa koʻtarildi. "Andijon" esa 21 ochko bilan hozircha 8-pogʻonada qoldi.

Superliga. 16-tur
Soʻgʻdiyona — Andijon 1:0

6 avgust. Zomin. "Markaziy" stadion
Gol: Lyupcho Doriyev (77).
Soʻgʻdiyona — Milan Mitrovich, Zoir Juraboyev, Islom Qobilov, Behruz Jumayev (Shohjahon Sultonmurodov, 84), Petar Michin, Jamshid Boltaboyev, Javohir Qahramonov (Oybek Nurmatov, 65), Lyupcho Doriyev (Abdulaziz Abdurashidov, 84), Ollobergan Karimov, Igor Golban, Zabihillo Oʻrinboyev (Samandar Mavlonqulov, 46)
Andijon — Eldor Adhamov, Odil Abdumajidov, Aleksandre Andronikashvili (Damir Temirov, 88), Poʻlathoja Xoldorxonov (Doniyor Abdumannopov, 72), Humoyunmirzo Iminov (Dragan Cheran, 46), Aziz Turgʻunboyev (Hamidullo Karimov, 72), Islom Toʻxtaxoʻjayev, Usmonali Ismonaliyev, Muhammadkarim Toirov, Bekzod Sulaymonov (Shohmalik Komilov, 46), Mahmud Mahamadjonov.
Ogohlantirish: Behruz Jumayev (60).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • So'g'diyona So'g'diyona
  • Andijon Andijon
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar