«Chelsi»ning sobiq yarimhimoyachisi Jon Obi Mikel Vinisius Juniorning «Arsenal»ga o'tishiga ishonmaydi.
Avvalroq «Real» bilan shartnomasini uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borayotgan vingerga London klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
«U kelmaydi! Buni unuting. U «Arsenal»dan «Real» bilan yanada qulayroq shartnoma tuzish uchun foydalanmoqda. U Madridni tark etmaydi. Bunga 100 foiz aminman. U ketmaydi! U hozirgi klubidan yaxshiroq shartnoma olish uchun «Arsenal»dan foydalanmoqda.
U nega «Real»ni tark etsin? Qarang, «Arsenal» — katta klub. Agar «Arsenal» katta klub emas desam, yolg'on gapirgan bo'laman. Ha, «Arsenal» — katta klub, ammo «Real» — bu mutlaqo boshqa daraja. Menimcha, shartnoma bo'yicha muzokaralar ancha vaqt davom etmoqda», — dedi Obi Mikel o'zining The Obi One Podcast podkastida.
Obi Mikel: «Vinisius shunchaki «Real»dan yaxshiroq shartnoma olish uchun «Arsenal»dan foydalanmoqda»
Futbol
6 avgust, 11:45
«Chelsi» sobiq yarimhimoyachisi braziliyalik vingerning London klubiga o'tishiga ishonmaydi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi