Bugun
41
O'zbek

Superliga. "Buxoro" "Paxtakor" maydonida kambek qilib, ikki to'p farqini yo'qqa chiqardi

Futbol
6 avgust, 13:00
Mehmonlar a'zosi Rodich trivela uslubida supergol urdi.
Superliga. "Buxoro" "Paxtakor" maydonida kambek qilib, ikki to'p farqini yo'qqa chiqardi
Foto: UzPFL
06.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent 2 : 2 Buxoro Buxoro

O‘zbekiston chempionatining 16-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda 2-o‘rindagi "Paxtakor" 3-pog‘onadagi "Buxoro"ni qabul qilib, ikki to‘p farqidagi ustunlikni boy berdi. Mehmonlar safida Rodich trivela uslubida supergol urdi.

Qatorasiga ikkinchi turda ochko yo‘qotgan Kamoliddin Tojiyev jamoasi 35 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi va peshqadam "Neftchi"dan (36) o‘tib ketolmadi. "Buxoro" esa 27 ochko bilan 3-pog‘onada.

Superliga. 16-tur
Paxtakor — Buxoro 2:2

6 avgust, Toshkent, "Paxtakor" stadioni
Gollar: Dilshod Saytov (16), Stefan Chinedu (28) — Vladimir Rodich (75), Sanjar Quvvatov (83, avtogol).
Paxtakor — Sanjar Quvvatov, Zaid Tahsin, Muhammadqodir Hamraliyev, Dilshod Saytov, Akmal Mozgovoy, Doston Hamdamov (Ayman Husayn, 86), Bashar Resan (Flamarion, 86), Abdurauf Bo‘riyev, Sardor Sobirxo‘jayev, Sherzod Nasrullayev, Stefan Chinedu (Hojimat Erkinov, 69).
Buxoro — Umid Hamroyev, Ravshan Xayrullayev, Xurshid Muxtorov, Shahzod Ubaydullayev (Anvar Jo‘rayev, 69), Temur Mamasiddiqov (Asilbek Qayumov, 74), Javohir Ro‘ziyev (Asad Jo‘raboyev, 46 (Nika Kacharava, 56)), Sherzod Esanov, Muhammad Yo‘ldoshev (Shahboz Jo‘rabekov, 46), Boyan Mladovich, Kirill Todorov, Vladimir Rodich.
Ogohlantirishlar: Ravshan Xayrullayev (42), Nika Kacharava (64), Kirill Todorov (66).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Buxoro Buxoro
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

80+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar