Live
1
O'zbek

Maxachev faoliyatini yakunlashi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

MMA
6 avgust, 16:20
UFC chempioni yana bir necha yil jang qilib, barcha rekordlarni yangilamoqchi.
Maxachev faoliyatini yakunlashi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images

UFC chempioni Islom Maxachev yaqin bir necha yil ichida faoliyatini yakunlash niyati yo'qligini ma'lum qildi.

«Men hech qachon rekordlar ortidan quvmaganman, lekin bunday g'alabalar seriyasiga ega bo'lish — juda yaxshi hissiyot (u UFC'da ketma-ket 16 ta jangda g'alaba qozonib, Anderson Silvaning natijasiga tenglashdi). So'nggi paytlarda ko'plab chempionlar mag'lub bo'lmoqda. Bu haqida jamoamiz bilan gaplashdik. Kimdir e'tiborini yo'qotgan, kimdir esa yetarlicha qattiq mashq qilmayapti. Bizning jamoada bunday yondashuvga o'rin yo'q. Biz boshqalardan ham qattiqroq mashq qilamiz. Chempion bo'lamizmi yoki yo'qmi — hammamiz bir xil murabbiylar qo'lida tayyorgarlik ko'ramiz va ular barchamizga birdek yuqori yuklama beradi.

Kimdir faoliyatimni yakunlayotganim haqida yolg'on xabarlar tarqatmoqda. Bu haqiqat emas. Yaxshi sport formasida bo'lishing va dunyoning eng yaxshi jangchisi ekanliging — sportdan tashqarida topib bo'lmaydigan ajoyib tuyg'u.

Faoliyatimni davom ettiraman va barcha rekordlarni yangilashni istayman. Shuning uchun yana bir necha yil jang qilaman»
, — dedi Maxachev.

Maxachev navbatdagi jangini 16 avgust kuni UFC 330 turnirida Ian Garriga qarshi o'tkazadi.

Bugungi yangiliklar