Yangi mavsumni Chempionshipda o'tkazadigan «Vest Hem» himoyachi Yoel Veltman bilan shartnoma imzoladi.
Niderlandiyalik 34 yoshli futbolchi bilan tuzilgan bitim bir mavsumga mo'ljallangan bo'lib, uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.
Veltman «Brayton»dan ketganidan so'ng London klubiga erkin agent sifatida qo'shildi. U «chaykalar» safida 6 mavsum o'ynadi, avvalroq esa «Ayaks»da harakat qilgan.
O'tgan mavsumda Veltman Angliya Premyer-ligasida 24 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgandi.
«Vest Hem» Veltmanni o'z safiga qo'shib oldi
Futbol
6 avgust, 13:25
34 yoshli himoyachi «Brayton»ni tark etib, London klubi safiga qo'shildi.
Foto: West Ham