"Kristal Pels" klubi "Chelsi" himoyachisi Aksel Disasini o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida jurnalist Fabris Xokins xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "burgutlar" Maksans Lakuani aynan 27 yoshli Disasi bilan to'ldirmoqchi. "Chelsi" yaqinda fransiyalik himoyachi sotib olgandi.
Aksel faoliyati davomida "Parij", "Reyms" va "Monako" klublarida to'p tepgan. U 2023 yildan buyon "ko'klar" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Disasi o'tgan mavsumni "Aston Villa"da boshlagan, keyinchalik "Vest Xem"ga ijaraga asosida yo'l olgandi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.