Live
1
O'zbek

Ro'ziqul Berdiyev: «Eng yaxshi futbol o'ynaydigan jamoani safarda mag'lub etdik»

Eksklyuziv
3 avgust, 15:20
«Nasaf» ustozining jamoasi g'alabasi haqidagi fikrlari.
Ro'ziqul Berdiyev: «Eng yaxshi futbol o'ynaydigan jamoani safarda mag'lub etdik»
Фото: Насаф ПФК
03.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi ОКМК ОКМК 1 : 2 Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi

Olmaliqda OKMK hamda «Nasaf» ishtirokida qiziqarli uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda mehmonlar 1:2 hisobida g'alaba qozonib, muhim uch ochkoni qo'lga kiritishdi.

Qarshiliklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiyev matbuot anjumanida quyidagicha fikr bildirdi.

- OKMK jamoasini kambek qilishi uchun bugun yo'l qo'ymadik. Ularda bu odat bo'lib qolgan va oxirigacha kurashadi. Eng yaxshi futbol o'ynaydigan jamoani safarda mag'lubiyatga uchratdik. Shuning uchun juda kerakli uch ochkoni qo'lga kiritdik. O'yin davomida tashabbus OKMK tarafida bo'lgandir, ammo biz himoyada tartibli o'ynadik. O'ylaymanki, muhim g'alaba bo'ldi. Bu bilan barchani tabriklayman. Og'ir, qiyin, himoyaga ko'p e'tibor qaratgan holda o'ynadik. Birinchi bo'limda biz yaxshi qarshi hujumlarga chiqdik. Ammo ikkinchi bo'limda hisob 0:2 bo'lganida tashabbusni raqibga berib qo'ydik. Bu yanada og'irroq bo'lishi mumkin edi. Raqibni kambek qilishiga yo'l qo'ymaganimizdan xursandmiz.

- Abduvohid Ne'matov bugungi g'alabaga qancha hissa qo'shdi?

- Ne'matov tajribali darvozabon ekanini bugun ham yana bir bor ko'rsatdi. Birinchi bo'limda ikkita yaxshi vaziyatni bartaraf qildi, ikkinchi bo'limda ham. Gol o'tkazilgan paytda ham aslida u qutqargandi. Biroq himoyachilar Ulmasaliyevni «ushlash»ga bo'shliq qilishdi. O'ylaymanki, Abduvohidning bu g'alabada yordami katta bo'ldi.

- «Nasaf»ni chempionlik uchun kurashdagi imkoniyatlari baland emas. Lekin jamoa OCHL2 musobaqasida qatnashadi. Transfer masalasida klubning moliyaviy holati qanday?

- Moliyaviy imkoniyatimiz juda zo'r emas. O'zinglar ham ko'rib turibsizlar, transfer oynasida faol emasmiz, buning sababi bor. Ammo rahbariyatimiz imkon qadar sharoit yaratib berishga harakat qilishyapti. Shunga qaramasdan yigitlar maydonda bor kuchi bilan o'ynashyapti. Bundan ikki karra xursandmiz. O'tgan yilgi tarkibimiz bu yilgiga nisbatan yaxshiroq edi. 10 ta yaxshi futbolchimiz tark etdi. O'rniga yoshliklarni jalb qilganmiz. Shunga qaramay, kamida sovrinli o'rinlar uchun harakat qilsak bo'ladi, bunga imkoniyatimiz bor. «Paxtakor» bilan «Neftchi» boshqa klublarga nisbatan salohiyatliroq ko'rinyapti. Xalqaro turnirda ham munosib qatnashishimiz kerak. Ayrim pozitsiyalarga futbolchilarni taklif qilyapmiz. O'ylaymanki, ularning nafi tegadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • ОКМК ОКМК
  • Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar