AQSH futbol federatsiyasi Maurisio Pochettino bilan shartnomani uzaytirdi.
Amerika milliy jamoasi bosh murabbiyi bilan tuzilgan yangi kelishuv 2030 yilgacha amal qiladi. Argentinalik mutaxassis bilan avvalgi bitim esa 2026 yildagi Jahon chempionati yakunigacha mo'ljallangandi.
Pochettino boshchiligida AQSH milliy jamoasi o'z uyida o'tgan Jahon chempionatida guruhida birinchi o'rinni egallab, pley-off bosqichida 2002 yildan beri ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Jamoa 1/8 finalgacha yetib bordi va ushbu bosqichda Belgiya bilan 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi.
Pochettino AQSH milliy jamoasi bilan shartnomani uzaytirdi
Futbol
3 avgust, 12:00
Argentinalik mutaxassis jamoani keyingi mundialga ham tayyorlaydi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi