«Nasaf» yozgi transferlar oynasidagi ilk muhim xaridini amalga oshirdi. Qarshi klubi gruziyalik qanot hujumchisi Paata Gudushauri bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.
Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, futbolchi mavsum yakuniga qadar «ajdarlar» sharafini himoya qiladi.
Klub OChL 2 va Superliga bahslariga tayyorgarlikni davom ettirar ekan, Gudushaurining transferi jamoaning yozgi ilk rasmiy transferi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli Paata Gudushauri Gruziya futbolining tajribali vingerlaridan biri hisoblanadi. U endi «Nasaf» safida O‘zbekiston Superligasi va OFK Chempionlar Ligasi 2 musobaqalarida ishtirok etadi.