Live
4
O'zbek

«Nasaf» muxlislari uchun xushxabar

Futbol
28 iyul, 10:28
Klub faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.
«Nasaf» muxlislari uchun xushxabar
Foto: PFL

Bizga ma’lum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyati mahalliy byudjetining 2026 yil I chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida Qarshining «Nasaf» PFKning moliyaviy faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun mablag‘ ajratish taklif sifatida kiritildi.

Natijada, viloyat hokimi Murotjon Azimov topshirig‘iga binoan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 24 martdagi PQ—107-sonli qarorning 10.b-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, «Nasaf» professional futbol klubi uchun 10 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, «Nasaf» O‘zbekiston Superligasida 13 o‘yinda 18 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalining 9-pog‘onasidan o‘rin egallagan. 14-tur o‘yinini jamoa bugun, 28 iyul kuni o‘z uyida «Qizilqum»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi
Bugungi yangiliklar