Live
3
O'zbek

«Real» rekord darajada daromad qayd etdi

Futbol
28 iyul, 11:19
Madrid klubi mavsumni 1,221 milliard yevrolik operatsion daromad bilan yakunladi.
«Real» rekord darajada daromad qayd etdi
Foto: Getty Images

«Real» 2025/26 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha rekord moliyaviy ko‘rsatkichlarni e’lon qildi.

Klub hisobotiga ko‘ra, operatsion daromad avvalgi mavsumga nisbatan 3,1 foizga oshib, 1,221 milliard yevroni tashkil etdi. Bu sport klublari tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Shuningdek, EBITDA (foizlar, soliqlar va amortizatsiyagacha bo‘lgan foyda) 18 foizga o‘sib, 287,4 million yevroga yetdi. Soliqlar to‘langandan keyingi sof foyda esa 26 million yevroni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 8 foizga oshdi.

Hisobotda stadiondan tushgan daromad 11 foizga, marketing daromadlari esa 6 foizga ko‘paygani qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, «Real»ning umumiy daromadi 2018/19 yilgi mavsumdan buyon 61 foizga o‘sgan. Shu davrda «Santyago Bernabeu» stadionidan olinadigan daromad 107 foizga oshgan. Stadion rekonstruksiyasi qiymati 1,407 milliard yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar