«PSJ» «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodrini o‘z safiga qo‘shish ustida ish boshladi.
AS nashri xabariga ko‘ra, klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi futbolchining agenti bilan bog‘lanish bo‘yicha topshiriq bergan. Manbaga ko‘ra, bu qaror «Real»ning Yan Diomande transferidagi muvaffaqiyatidan keyin qabul qilingan.
Qayd etilishicha, ivuarlik vinger «Real» bilan kelishuvga erishishidan avval «PSJ»ga o‘tishga yaqin turgan. Endi Parij klubi Rodri transferi orqali transfer bozorida javob qaytarishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Rodri o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 33 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Uning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchini 50 million yevroga baholamoqda.