Live
4
O'zbek

Infantino Jahon chempionatining tijoriy huquqlarini investorlarga sotishni rejalashtirmoqda

Futbol
28 iyul, 11:50
FIFA prezidenti yangi kompaniya tuzish g‘oyasi ustida ishlayotgani aytilmoqda.
Infantino Jahon chempionatining tijoriy huquqlarini investorlarga sotishni rejalashtirmoqda
Foto: Getty Images

FIFA prezidenti Janni Infantino Jahon chempionatining tijoriy huquqlaridagi ulushlarni xususiy investorlarga sotish rejasini ishlab chiqmoqda.

The Times xabariga ko‘ra, ushbu masala bo‘yicha AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga yaqin shaxslar bilan muzokaralar olib borilgan.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Infantino yangi tashkil etilishi mumkin bo‘lgan kompaniyada komissioner lavozimini egallashi mumkin. Aynan shu kompaniya Jahon chempionatining tijoriy huquqlarini boshqaradi. Qayd etilishicha, mazkur loyiha amalga oshsa, Infantinoga shaxsan o‘nlab million funt sterling daromad keltirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tdi. Musobaqa finalida Ispaniya Argentina ustidan qo‘shimcha bo‘limlarda 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

Bugungi yangiliklar