Bugun
49
O'zbek

Dana Uayt u bilan hamkorlik qilgan eng yaxshi 4 jangchini aytdi

MMA
5 oktabr, 23:35
UFC prezidenti ayniqsa Ronda Rouzini e’tirof etdi.
Dana Uayt u bilan hamkorlik qilgan eng yaxshi 4 jangchini aytdi
Foto: Getty Images

UFC prezidenti Dana Uayt o‘zi hamkorlik qilgan eng yaxshi to‘rt nafar jangchini sanab o‘tdi.

«Makgregor, Habib, Chak Liddell, Ronda Rouzi. Odamlar Ronda haqida turli xil bema’ni gaplarni aytishni yaxshi ko‘rishadi. Ammo u UFC’da ayollarni ko‘rishni umuman istamagan va asosan erkaklar janglarini targ‘ib qilayotgan paytimda oldimga kelgan.

Ronda bir tadbirda oldimga kelib: «Siz bilan 15 daqiqa gaplashsam bo‘ladimi?» — dedi. Bir necha daqiqa suhbatlashganimizdan so‘ng: «Men haqiqatan ham bu ishni boshlayman», — deb o‘yladim. U ana shu inson bo‘ldi.

Bu biznesda birinchi raqamli omil — jang qila olishing. Ikkinchi omil — oldinga qo‘ygan maqsadingni amalga oshirishga bo‘lgan qat’iy ishonch. Ya’ni sen menga nimaga erishmoqchi ekaningni va bunga qanday erishishingni aytasan», — deydi Uayt.

Bugungi yangiliklar