Bugun
25
O'zbek

Turkiya milliy jamoasi Millatlar Ligasidagi to‘rtta o‘yinda ham mag‘lub bo‘ldi

Futbol
5 oktabr, 23:10
Jamoa 4 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga atigi 2 ta gol urdi.
Turkiya milliy jamoasi Millatlar Ligasidagi to‘rtta o‘yinda ham mag‘lub bo‘ldi
Foto: Getty Images
05.10.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Italiya Italiya 3 : 1 Turkiya Turkiya

Turkiya milliy jamoasi Millatlar Ligasining dastlabki to‘rt turida birorta ham ochko jamg‘ara olmadi.

Vinchenso Montella boshchiligidagi jamoa 4-turda Italiya milliy jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, turkiyaliklarning musobaqadagi ketma-ket mag‘lubiyatlari soni to‘rttaga yetdi.

Turkiya bunga qadar Fransiyaga 0:1, Italiyaga 1:4 va Belgiyaga 0:3 hisoblarida mag‘lub bo‘lgan edi. Jamoa to‘rtta uchrashuvda raqiblar darvozasiga atigi 2 ta gol urdi va o‘z darvozasidan 11 marta to‘p o‘tkazib yubordi.

Natijada, Turkiya ochkosiz holda guruhda so‘nggi, 4-o‘rinni egallab turibdi. Fransiya milliy jamoasi 10 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Italiya 7 ochko bilan ikkinchi, Belgiya esa 6 ochko jamg‘argan holda uchinchi pog‘onada bormoqda.

Qayd etish lozim, turkiyaliklar Millatlar Ligasi doirasidagi navbatdagi bahsini 12 noyabr kuni Belgiya milliy jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya Italiya
  • Turkiya Turkiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar