Live
1
O'zbek

Olise Zidan qo‘l ostida rekord o‘rnatdi

Futbol
3 oktabr, 06:30
Fransiyalik vinger yangi bosh murabbiy boshqaruvidagi dastlabki uchta bahsning barchasida samarali harakat qildi.
Olise Zidan qo‘l ostida rekord o‘rnatdi
Foto: Getty Images
02.10.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Fransiya Fransiya 1 : 1 Italiya Italiya

UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichining 3-turida Fransiya milliy jamoasi Italiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Mezbonlar safidagi yagona golga hujumkor yarimhimoyachi Maykl Olise mualliflik qildi.

«Bavariya» futbolchisi shu tariqa musobaqadagi uchta bahsning barchasida samarali harakat qayd etdi. Stats du Foot ma’lumotlariga ko‘ra, Olise Fransiya milliy jamoasi tarixida yangi bosh murabbiy qo‘l ostidagi dastlabki uchta bahsning har birida gol yoki assist qayd etgan ilk futbolchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya milliy jamoasini yozda Zinedin Zidan boshqara boshlagandi. Olise uning qo‘l ostidagi dastlabki bahslardanoq jamoaning muhim futbolchilaridan biriga aylandi.

Fransiya navbatdagi bahsini 5-oktabr kuni o‘z maydonida Belgiya milliy jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Italiya Italiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar