Live
1
O'zbek

Kasorla: «Qarorni biz qabul qilmaymiz, ammo «Oltin to‘p» Yamalga berilishi kerak»

Futbol
3 oktabr, 06:15
Ispaniyalik sobiq yarimhimoyachi 19 yoshli futbolchining ushbu mavsumdagi natijalarini yuqori baholadi.
Kasorla: «Qarorni biz qabul qilmaymiz, ammo «Oltin to‘p» Yamalga berilishi kerak»
Foto: Getty Images

Ispaniya milliy jamoasi va «Arsenal»ning sobiq yarimhimoyachisi Santi Kasorla 2026-yilgi «Oltin to‘p» uchun ovoz berishda «Barselona» va Ispaniya milliy jamoasi hujumchisi Lamin Yamal g‘olib chiqishi kerakligini aytdi.

«Men «Oltin to‘p»ni Lamin Yamalga bergan bo‘lardim. U bizning mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda, ispaniyalik va ushbu mukofotni qo‘lga kiritishga loyiq. Qarorni biz qabul qilmaymiz, ammo uning xizmatlarini hisobga olsak, mukofot Yamalga tegishli bo‘lishi kerak», — deya Kasorlaning so‘zlarini Sport.es keltirdi.

Yamal o‘tgan mavsumda «Barselona» bilan Ispaniya chempionatida g‘olib chiqdi. Shuningdek, u Ispaniya milliy jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

2026-yilgi «Oltin to‘p» topshirish marosimi 26-oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. Ushbu marosim mukofot tarixidagi 70-yubiley tadbiriga aylanadi.

Ma’lumot uchun, «Oltin to‘p» sohibi FIFA reytingining kuchli 100 taligidan o‘rin olgan mamlakatlar vakili bo‘lgan 100 nafar jurnalistning ovoz berishi orqali aniqlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar