«Tottenhem» yarimhimoyachi Deyan Kulusevskining shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, London klubi futbolchi jarohatidan to‘liq tiklanib, avvalgi sport formasini qaytara olsa, u bilan hamkorlikni davom ettirish masalasini muhokama qilishga tayyor. Kulusevskining «Tottenhem» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Shvetsiyalik yarimhimoyachi tizza jarohati sabab 2025-yil may oyidan buyon «Tottenhem» safida bahslarda ishtirok etmayapti. Biroq futbolchi ayni paytda umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarga qaytgan.
Kulusevski «Tottenhem»ga 2022-yil yanvarida «Yuventus»dan ijara asosida ko‘chib o‘tgandi. 2023-yil iyulida esa London klubi futbolchining transferini to‘liq rasmiylashtirib, u bilan doimiy shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Kulusevski «Tottenhem» safida barcha musobaqalarda 100 dan ortiq bahsda maydonga tushgan. Verletdan oldin u jamoaning asosiy tarkibidagi muhim futbolchilardan biri edi.