Myunxenning «Bavariya» klubi yarimhimoyachi Maykl Oliseni Madridning «Real» klubiga sotishi mumkin. Bu haqda El Nacional xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, nemis klubi 24 yoshli vinger bilan xayrlashishni istamayapti. Biroq «Real» tomonidan 200 mln yevro miqdorida taklif kelib tushsa, «Bavariya» futbolchini sotish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.
Qayd etilishicha, «Bavariya» Olise bilan shartnomani 2032-yilgacha uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, uning transferiga rozilik berishi ehtimoli bor. Fransiyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Olise ushbu mavsum Bundesligada to‘rtta bahsda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Olise 2024-yil yozida «Kristal Pelas»dan «Bavariya» safiga ko‘chib o‘tgandi.