Bugun
66
O'zbek

Emeri La Ligada «Real» va «Barselona»ga raqobat nega qiyinligini tushuntirdi

Futbol
3 oktabr, 05:00
«Aston Villa» bosh murabbiyi Ispaniya chempionatidagi moliyaviy tafovut haqida fikr bildirdi.
Emeri La Ligada «Real» va «Barselona»ga raqobat nega qiyinligini tushuntirdi
Foto: Getty Images
25.10.2026, 16:00 Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona - : - Real Madrid Real Madrid

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri La Ligada «Real» va «Barselona» bilan boshqa klublar o‘rtasidagi moliyaviy tafovut tobora oshib borayotganini ta’kidladi. Bu haqda Diario de Sevilla xabar berdi.

«Tafovut oshib bormoqda, chunki moliyaviy feyr-pleyning o‘zi bunga imkon bermoqda. «Real» va «Barselona» milliardlab daromad topa oladi. «Atletiko»da esa 500–600 million bo‘lsa, qolgan klublarda 150, 100 million yoki undan ham kam. Farq juda katta», — dedi Emeri.

Murabbiyning fikricha, klublarning moliyaviy imkoniyatlari o‘rtasidagi katta tafovut Ispaniya chempionatidagi raqobatga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. «Real» va «Barselona» yuqori darajadagi futbolchilarni jalb qilish va tarkibni kuchaytirish uchun boshqa klublarga nisbatan kattaroq imkoniyatga ega.

Ushbu mavsum La Liga turnir jadvalining yetti turidan so‘ng «Barselona» 21 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Real» esa 15 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Ma’lumot uchun, so‘nggi 20 yil ichida Ispaniya chempionligi bor-yo‘g‘i ikki marta «Real» va «Barselona»dan boshqa klubga nasib etgan. Har ikki holatda ham chempionlikni «Atletiko» qo‘lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Aston Villa Aston Villa
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar