Live
1
O'zbek

Rafinya jiddiy jarohatdan qutulib qoldi

Futbol
2 oktabr, 17:20
«Barsa» hujumchisi «Xetafe»ga qarshi o‘yindayoq maydonga tushishi mumkin.
Rafinya jiddiy jarohatdan qutulib qoldi
Foto: Getty Images

Rafinya jiddiy jarohatdan qutulib qoldi.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi son qismidagi muammo tufayli Braziliya milliy jamoasi safidan «Barselona»ga muddatidan oldin qaytgandi.

2-oktabr kuni 29 yoshli futbolchi «Barselona»da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Tekshiruv natijasida o‘ng sonning orqa qismida shish aniqlangan va dastlabki tashxis tasdiqlangan.

Ma’lum qilinishicha, jarohat jiddiy xususiyatga ega emas. Shu sababli Rafinya 10-oktabr kuni «Xetafe»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar