Bugun
66
O'zbek

Holand faoliyatini «Arsenal»da davom ettirishi mumkin

Futbol
3 oktabr, 05:15
Erlingning o‘zi ham bu mavsum yakunlanganidan keyin «Man Siti»ni tark etish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.
Holand faoliyatini «Arsenal»da davom ettirishi mumkin
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand faoliyatini «Arsenal»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «Arsenal» 2027-yilda imkoniyat paydo bo‘lsa, Holandni sotib olish uchun kurashga qo‘shilishga tayyor. London klubining moliyaviy imkoniyatlari hujumchi uchun juda katta taklif bilan chiqishga yetarli ekani qayd etilgan.

Shu bilan birga, 26 yoshli futbolchining o‘zi ham bu mavsum yakunlanganidan keyin «Manchester Siti»ni tark etish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Bu qaror «shaharliklar»ning moliyaviy muammolariga bog‘liq emasligi ta’kidlanmoqda.

Biroq Holand uchun asosiy yo‘nalish Ispaniya chempionati bo‘lib turibdi. Hujumchi hozirda «Real» va «Barselona» variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Ayni paytda kataloniyaliklar uning transferi uchun asosiy da’vogar hisoblanadi.

Ma’lumot o‘rnida, Holand ushbu mavsum barcha musobaqalarda 7 ta uchrashuv o‘tkazib, 7 ta gol urdi. Avvalroq «Barselona» Holand uchun katta taklif tayyorlayotgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar