Live
1
O'zbek

Ispaniya milliy jamoasida Torres o‘rniga Espi chaqirildi

Futbol
2 oktabr, 18:35
    10
To‘pig‘ida noqulaylik sezgan «PSJ» hujumchisining o‘rnini U-21 jamoasida poker qayd etgan «Real» forvardi egalladi.
Ispaniya milliy jamoasida Torres o‘rniga Espi chaqirildi
Foto: Getty Images

«PSJ» hujumchisi Ferran Torres Ispaniya milliy jamoasi ixtiyorini tark etdi.

26 yoshli futbolchi chap to‘pig‘i sohasida noqulaylik his qilgan. Dastlab bu Ferranga mashg‘ulotlarda ishtirok etish va o‘ynashga xalaqit bermagan, ammo simptomlar saqlanib qolgani sababli uni o‘z klubiga qaytarishga qaror qilindi. Endi futbolchi tiklanish jarayoniga e’tibor qaratadi.

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Chexiya va Xorvatiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarda ishtirok etish uchun asosiy jamoaga Ispaniya U-21 hamda «Real» hujumchisi Karlos Espini chaqirishga qaror qildi. Bellashuvlar Ovyedo va Split shaharlarida o‘tkaziladi.

Ma’lumot o‘rnida, Torres Millatlar ligasida Angliyaga (3:2) qarshi o‘yinda 55 daqiqa maydonda harakat qildi, Xorvatiya (4:1) bilan bahsni esa o‘tkazib yubordi.

21 yoshli Espi esa Ispaniya U-21 jamoasi safida San-Marino (13:0) ustidan qozonilgan g‘alabada poker qayd etib, yana 2 ta golli uzatma ham amalga oshirgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar