Kevin de Bruyne faoliyatidagi 200- va 201-gollarini urdi.
Belgiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Millatlar ligasining 3-turidan o‘rin olgan Turkiyaga (3:0) qarshi bahsda dubl qayd etdi.
Endi 35 yoshli futbolchining Belgiya safidagi gollari soni 40 taga yetdi. U milliy jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida faqat Romelu Lukakudan (94 gol) ortda bormoqda.
Klublar miqyosida esa «Napoli» yarimhimoyachisi hisobida 161 ta gol bor:
«Napoli»da — 6 ta
«Manchester Siti»da — 108 ta
«Volfsburg»da — 20 ta
«Genk»da — 17 ta
«Verder»da — 10 ta
De Bruynening gollari 200 tadan oshdi
Futbol
2 oktabr, 20:18
35 yoshli yarimhimoyachi Belgiya tarixidagi eng yaxshi ikkinchi to‘purar sanaladi.
Foto: Getty Images
02.10.2026
FT
UEFA Millatlar ligasi. A liga
Belgiya
3
:
0
Turkiya