Belgiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Mark van Bommel Millatlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan Fransiyaga qarshi safardagi uchrashuvdan kutayotgan natijalari haqida fikr bildirdi.
«Yuri Tielemans va Kevin De Bruyne juda muhim futbolchilar, ular diskvalifikatsiya qilingani afsusli holat. Har bir futbolchi jamoaga yordam bera olishi kerak. Boshqa yigitlar mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi lozim. Dinamik futbol — o‘yinimizning bir qismi. Ikki tayanch yarim himoyachi bilan o‘ynay olaman. Shuning uchun Romeo Lavia va Nikolas Raskin bir vaqtning o‘zida maydonda bo‘lishi mumkin. Fransiyada sifatli futbolchilar soni juda ko‘p. Bir so‘z bilan aytganda, ular juda yaxlit jamoa hisoblanadi. Birinchi o‘yinda esa biz kamida bir ochko olishimiz kerak edi. Demak, bo‘lajak uchrashuvda ham buning uddasidan chiqishimiz mumkin», — deya van Bommelning so‘zlaridan keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya — Belgiya uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi