«Barselona»ning sobiq futbolchisi, ayni vaqtda Belgiya milliy jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib turgan Mark van Bommel Lionel Messining Argentina milliy jamoasidan ketishi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Messi bilan birga o‘ynaganimdan xursandman. Biz Chempionlar Ligasi finalida g‘olib chiqqanmiz, ammo u jarohati sabab o‘sha uchrashuvni o‘tkazib yuborgan va tribunada bo‘lgan. U bilan bir kiyinish xonasini baham ko‘rganimdan xursandman», — dedi van Bommel matbuot anjumanida.
Bungacha 39 yoshli Messi milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashini ma’.lum qilgandi. Biroq keyinroq Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni va Argentina futbol federatsiyasi prezidenti Klaudio Tapyalar Messini xayrlashuv o‘yinida ishtirok etishga ko‘ndirganlari ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, Messi 7 oktabr kuni Argentina milliy jamoasi libosini so‘nggi marta kiyib, Benin bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 05:00 da boshlanadi.