«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalarning 24 karra g‘olibi, dunyoning 11-raketkasi serbiyalik tennischi Novak Jokovich Xitoyning Pekin shahrida ATP-500 toifasidagi turnirda ketma-ket 33-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bugun, 5 oktyabr kuni u yarimfinalda jahon reytingida beshinchi o‘rinni egallab turgan rossiyalik Daniil Medvedevni mag‘lub etdi. Bellashuv 7:5, 5:3 hisobida yakunlandi (Medvedev to‘p muxlisga teggani uchun diskvalifikatsiya qilindi).
Ma’lumot uchun, Jokovich Pekinda olti marta chempionlikni qo‘lga kiritgan. U oxirgi marta 2015-yilda Xitoy poytaxtidagi turnirda ishtirok etgandi.
Finalda Novak dunyoning to‘qqizinchi raketkasi avstraliyalik Aleks de Minaur bilan kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, Pekindagi turnir finali 6-oktyabrda bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning amaldagi g‘olibi italiyalik tennischi Yannik Sinner hisoblanadi.