Ispaniya milliy jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya Jahon chempionati g‘olibligidan so‘ng bosh murabbiy Luis de la Fuentening surati tushirilgan tatuirovka qildirdi.
Final bahsi oldidan futbolchi Ispaniya chempion bo‘lsa, murabbiyining tasvirini tanasiga tushirishga va’da bergandi. «Qizil furiyalar» finalda Argentina milliy jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etgach, Kukurelya oradan to‘qqiz kun o‘tib ushbu va’dasini bajardi.
Endilikda uning chap qo‘lida Jahon kubogini ushlab turgan Luis de la Fuentening tasviri aks etgan.
«Va’da bajarildi», — deb yozdi Kukurelya yangi tatuirovkasi suratini ijtimoiy tarmoqlarda ulashar ekan.
Ma’lumot uchun, Mark Kukurelya iyun oyida Madridning «Real» klubiga ko‘chib o‘tgan. Avval u Londonning «Chelsi» klubi safida to‘p tepgan.
