Live
2
O'zbek

«Napoli» 100 yoshga to'lgani munosabati bilan salutlar otilib, tekin pitsalar tarqatiladi

Futbol
1 avgust, 16:05
Neapolda keng ko'lamli bayram o'tkazilmoqda.
«Napoli» 100 yoshga to'lgani munosabati bilan salutlar otilib, tekin pitsalar tarqatiladi
Foto: Getty Images

«Napoli» klubi tashkil etilganining 100 yilligini nishonlanmoqda.

Yubiley munosabati bilan shaharda keng ko'lamli bayram dasturi rejalashtirilgan.

Neapol ko'chalarida muxlislar yurishi o'tkaziladi, shuningdek, shaharni 100 ta cherkovida qo'ng'iroqlar bir vaqtning o'zida chalinadi. Shu bilan birga, klub afsonalari ishtirokida tantanali marosim ham bo'lib o'tadi.

Shahar aholisi va mehmonlariga minglab «Margarita» pitsasi bo'laklari bepul tarqatiladi.

Neapolning diqqatga sazovor joylari ko'k rangda yoritiladi, bayram esa bir vaqtning o'zida otiladigan mushakbozlik bilan yakunlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar