Live
2
O'zbek

"Inter" yarimhimoyachisi Akinsanmiro "Monza"ga o'tdi

Futbol
1 avgust, 12:10
Nigeriyalik yarimhimoyachi o'tgan mavsumda ham ijarada o'ynagandi.
"Inter" yarimhimoyachisi Akinsanmiro "Monza"ga o'tdi
Foto: Monza

Ebenezer Akinsanmiro "Monza" jamoasi futbolchisiga aylandi.

Klub 21 yoshli yarimhimoyachini "Inter"dan sotib olish huquqi bilan ijara asosida o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi. Belgilangan ayrim shartlar bajarilsa, sotib olish bandi avtomatik faollashtiriladi.

Sky Sport ma'lumotiga ko'ra, nigeriyalik futbolchining to'liq transferi "Monza"ga 7,5 million yevroga tushadi. Shuningdek, "Inter" Akinsanmironing kelgusidagi transferidan 10 foiz ulush ham oladi.

Akinsanmiro avvalgi mavsumni "Piza" klubida ijara asosida o'tkazib, A Seriya doirasida 24 o'yinda 1 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Monza Monza
  • Inter Inter
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar