Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Dushan Vlahovich A Seriyaning boshqa klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda Tuttosport xabar berdi.
Serbiya milliy jamoasi forvardiga «Napoli» qiziqish bildirmoqda. Agar belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku shu yozda jamoani tark etsa, Vlahovich uning o'rnini egallashi kutilmoqda.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum Dushan A Seriyada 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 gol urdi va 1 assist amalga oshirdi. Shuningdek, o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, «Napoli» Italiya chempionatida 2-o'rinni egallab, Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Avvalroq Vlahovich «Yuventus» rahbariyati bilan shartnomani uzaytirishni muhokama qilishga tayyor ekani ma'lum qilingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi