Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti italiyaliklarning «Aston Villa» darvozaboni, JCH-2022 chempioni Emiliano Martinesga bo‘lgan qiziqishiga izoh berdi.
«U klubini alishtirish niyatida bo‘lgan darvozabon, biz esa sovrinlar uchun kurashmoqchimiz. Bizda hozirda ikki posbon bo‘lsa-da, raqobat doimo yaxshi», – deya Spallettining so‘zlaridan iqtibos keltirdi La Gazzetta dello Sport.
O‘tgan mavsum Martines barcha musobaqalarni inobatga olganda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozgacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali argentinalik kiperning aktual transfer narxini 12 mln yevroga baholamoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi