"Yuventus" klubi "PSJ" darvozaboni Lyuka Shevaleni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini o'rganmoqda. Bu haqida Footmercato nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, fransiyalik posbonining o'zi hozircha "PSJ"ni tark etishni istamayapti. U Parij klubida qolib, asosiy tarkib uchun kurashni davom ettirish niyatida.
Shevale o'tgan yilning avgust oyida "Lill"dan 50 million yevro evaziga "PSJ"ga ko'chib o'tgan edi.
Shu bilan birga, Parij ham ehtimoliy o'zgarishlarga tayyorgarlik ko'rmoqda. Agar Lyuka jamoani tark etsa, uning o'rniga "Parma" va Yaponiya milliy jamoasi darvozaboni Zion Suzukini taklif qilish imkoniyatini ko'rib chiqadi.