Live
1
O'zbek

Parijda kurash bo'yicha Prezident sovrini uchun musobaqa o'tkazildi

Boshqa sportlar
25 iyul, 15:34
Musobaqada dunyoning 28 mamlakatidan tashrif buyurgan 100 nafardan ziyod sportchi bahs olib bordi.
Parijda kurash bo'yicha Prezident sovrini uchun musobaqa o'tkazildi
Фото: OlympicUz

Fransiya poytaxti Parij shahrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun «Paris Kurash Open» xalqaro turniri bo'lib o'tdi.

Musobaqada dunyoning 28 mamlakatidan tashrif buyurgan 100 nafardan ziyod sportchi bahs olib bordi.

4 vazn toifasida kechgan murosasiz bahslar yakuniga ko'ra, o'zbekistonlik kurashchilar 2 tadan oltin va bronza medallari bilan taqdirlanishdi.

Oltin medal:
-90 kg: Samandar Sadinov
+90 kg: Sherali Jo'rayev

Bronza medal:
-90 kg: Jonibek Qozoqov
+90 kg: Bekmurod Oltiboyev

Bugungi yangiliklar