«Chelsi» «Komo»ning Trevo Chaloba transferi bo‘yicha yuborgan yangi taklifini rad etdi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, Italiya klubi futbolchi uchun 25 million yevro va bonuslar ko‘rinishida yana 5 million yevro taklif qilgan. Biroq «Chelsi» bu summani yetarli deb hisoblamayapti va himoyachini 30 million yevrodan yuqori narx evaziga sotishni istamoqda.
Shu sababli «Komo» markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda.
Manbaga ko‘ra, Trevo Chalobaning o‘zi «Komo»ga ko‘chib o‘tishga qiziqish bildirmoqda va yozgi transferlar oynasida «Chelsi»ni tark etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Chaloba «Chelsi» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va asosiy jamoa safida bir necha mavsum davomida to‘p tepgan.