Live
3
O'zbek

Gallas: "Stouns – "Chelsi" uchun eng yaxshi variant"

Futbol
25 iyul, 16:47
Jon hozirda erkin agent sifatida yangi jamoa izlamoqda.
Gallas: "Stouns – "Chelsi" uchun eng yaxshi variant"
Фото: Getty Images

Fransiya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Vilyam Gallas Jon Stounsning "Chelsi"ga ehtimoliy transferi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"U katta tajribaga ega. Jon Angliya Premer-ligasida chempion bo'lgan, Chempionlar ligasida ham g'olib chiqqan. Shuning uchun u hozir "Chelsi" uchun eng yaxshi variant hisoblanadi.

Aks holda, klub boshqa bir himoyachi uchun katta mablag' sarflashiga to'g'ri keladi. Lekin uning Premer-ligaga tez moslasha olishiga hech kim kafolat bera olmaydi", — deya Gallasning so'zlaridan keltiradi iPredicta nashri.

Ma'lumot uchun, angliyalik 32 yoshli futbolchi yaqinda "Manchester Siti"ni shartnomasi muddati yakunlangani sabab tark etdi. Hozirda erkin agent sifatida yangi jamoa izlamoqda.

U o'tgan mavsumda barcha turnirlar doirasida 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar