Live
1
O'zbek

"Real" Diomande bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishdi

Futbol
25 iyul, 15:45
Madrid klubi endi "RB Leyptsig" bilan transfer muzokaralarining hal qiluvchi bosqichiga o'tadi.
"Real" Diomande bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

"Real" "RB Leyptsig" vingeri Yan Diomande bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi.

Insayder Fabrizio Romanoning xabariga ko‘ra, tomonlar futbolchining shaxsiy shartlari yuzasidan to‘liq kelishib olgan. Endi Madrid klubi va "RB Leyptsig" o‘rtasidagi transfer muzokaralari hal qiluvchi bosqichga kiradi.

Qayd etilishicha, transfer yakunlansa, 19 yoshli ivuarlik futbolchi "Real" bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yan Diomande faqat "Real"ga o‘tish variantini ma’qullagani, "Manchester Siti" va "Arsenal" esa futbolchiga bo‘lgan qiziqishini to‘xtatgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar