Live
4
O'zbek

Behruz Karimov faoliyatini Shveytsariyada davom ettiradi – manba

Futbol
25 iyul, 14:18
Barcha rasmiyatchiliklar tez orada hal qilinadi.
Behruz Karimov faoliyatini Shveytsariyada davom ettiradi – manba
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy jamoasi va «Surxon» himoyachisi Behruz Karimov faoliyatini Shveytsariyada davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Narzulla Saydullayev xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi «Lugano» bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Barcha rasmiyatchiliklar tez orada hal qilinadi.

«Lugano» klubi 1908 yilda tashkil topgan. Yangi mavsumda jamoa Konferensiyalar ligasi ikkinchi saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan.

Karimov O‘zbekiston milliy jamoasi bilan JCH-2026da ishtirok etdi. Uning mundialdagi o‘yinlari tufayli Yevropa jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar