«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Hau jamoa sardori Bruno Gimaraesning ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.
Avvalroq «Arsenal» yozgi transferlar oynasida braziliyalik yarimhimoyachini o'z safiqa qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
«Biz eng yaxshi futbolchilarimizni yo'qotishni istamaymiz. Bu juda aniq. Bunday o'yinchilarning ketishi biz uchun og'riqli va juda qiyin bo'lardi», — deya Hauning so'zlaridan keltiradi Shields Gazette nashri.
Kutilishicha, Bruno iyul oyi oxirida ta'tildan qaytib, «qarğalar»ning yangi mavsumga tayyorgarlik yig'iniga qo'shiladi.