"Roma" klubi "Bolonya" hujumchisi Santyago Kastroni o'z safiga qo'shib olish bo'yicha muzokaralarni faol davom ettirmoqda. Bu haqda jurnalist Filippo Biafora xabar berdi.
Manbaga ko'ra, rimliklar "Bryugge" hujumchisi Nikolo Tresoldi transferi borasida kelisha olmayapti. Natijada klub bor e'tiborini Kastroga qaratgan.
"Bolonya" argentinalik 21 yoshli forvardni 40 million yevroga baholamoqda. Biroq tomonlar transfer summasini kamaytirish maqsadida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Argentinalik hujumchi o'tgan mavsum klub miqyosida 51 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.